Munosabatlar
September 18, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani Qo‘shterak OFY hududida yashovchi fuqaro xonadoniga Internet tarmog‘i ulab berishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan.

Мазкур murojaat Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berildi. Hududiy bo‘linma mutaxassislari qisqa muddatda fuqaro xonadoniga internet xizmatlariga ulanish imkonini yaratib berishganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati