Munosabatlar
August 25, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga Toshkent tumani "Sirgʻali" MFY Sulola koʻchasi hududida internet qurilmasi tartibsiz holga kelib qolganligi boʻyicha murojaat yoʻllashgan.

Murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, bu haqda tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. Oʻz oʻrnida hududiy boʻlinma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatda koʻrsatilgan manzilga chiqib, mavjud muammoni bartaraf etishganligi maʼlum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati