Munosabatlar
January 25

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Юнусабадцы_24” Telegram kanali orqali Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro “Ozbektelekom” tomomidan hududdagi 31-son ko‘p qavatli aholi turar joyining tom qismiga tayanch aloqa stansiyasini aholi roziligisiz o‘rnatilayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra murojaatda nazarda tutilgan tayanch aloqa stansiyasi Kompaniyaga tegishli emasligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati