Sana
August 24

UZTELECOM: xayriya hashariga munosib hissa qo‘shildi

Xalqimizda “Yurt obodligi ostonadan boshlanadi”, “Hashar – elga yarashar” degan ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchi iboralar bor.

Xalq tilidan hayotimizga ko‘chgan ushbu iboralar mamlakatimizda keng nishonlanadigan umumxalq bayramlari arafasida mahalla, tashkilot va davlat idoralarida obodonlashtirish hamda xayriya hasharlari orqali o‘z ifodasini topadi.

Joriy yilning 24 – 25-avgust kunlari mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda, jumladan “O‘zbektelekom” AKda ham.

Xayriya hashari munosabati bilan Kompaniya xodimlari tomonidan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, yangi daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, mavjudlari parvarishlandi. Yoʻlaklardan chiqindilar olinib, hudud tozaligiga munosib hissa qo‘shildi.

“Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmati