Soha yangiliklari
Today
“O‘zbektelekom” AK xalqaro moliya bozorida yangi bosqichga chiqdi – “Fitch Ratings” Kompaniyaga barqaror prognozli “BB” reytingini berdi
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining dastlabki uzoq muddatli kredit reytingini (IDR) “BB” barqaror kutilma darajasida tasdiqladi. “Fitch Ratings” mutaxassislarining baholashiga ko‘ra, Kompaniyaning mustaqil kredit profili (SCP) “bb-” darajasida bo‘lib, bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Ushbu baholash Kompaniyaning O‘zbekistondagi yetakchi telekommunikatsiya operatori sifatida bozorda muhim o‘rin egallashini aks ettiradi. Shuningdek, Kompaniyaning moliyaviy intizomi, xizmatlar turi va sifati bo‘yicha barqaror o‘sishi hamda mamlakatda raqamli infratuzilmani rivojlantirishda muhim o‘rin egallashini bildiradi.