October 19, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “BUKHARA NEWS” telegram kanali orqali viloyat hududidagi Kompaniyaga tegishli ekanligi aytib o‘tilgan aloqa qudug‘i ochiq qoldirilganligi piyoda va haydovchilar harakatlanishiga xavf tug‘dirayotganligi borasida murojaat yo‘llagan.

https://t.me/BukharaNewsUz/51595

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari Buxoro shahri Shayxul-olam ko‘chasidagi mazkur masalani o‘rganib, yuzaga kelgan muammo tezkorlik bilan bartaraf etilganligi va aloqa qudug‘i ta’mirlanganligini ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, Kompaniya bunday holat boshqa ayrim hududlarda ham uchrab turganligi va aloqa quduqlarining qopqog‘i noma’lum shaxslar tomonidan o‘z manfaatlari yo‘lida olib ketayotganligi bois, bu borada keng jamoatchilik nazorati ham muhim ekanligini eslatib o‘tadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress