January 14, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro shu vaqtga qadar Kompaniyaning Xorazm filiali Urganch shahar telekommunikatsiya bog‘lamasida faoliyat yuritib kelganligi va yaqinda uni nohaq ishdan bo‘shatilganligini aytib murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Urganch shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi selektor aloqasiga xizmat ko‘rsatish guruhi l-toifali muhandisi B.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi MKning 100-modda, 2-qismi 4-bandiga binoan 2023-yilning 10-yanvaridan bekor qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress