Munosabatlar
November 16

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olibborilmoqda.

Jumladan, X ijtimoiy tarmogʻidagi fuqaro xonadoniga ulangan internet tarmogʻi ishlamay qolganligi, aloqa operatori muyaxassislari bilan bogʻlanib sababini soʻraganda tarmoqda avariya holati yuzaga kelganligini aytishganligini bildirishganligini, shunday boʻlsa-da bunday holatlar boʻyicha oldindan xabar berilmasligini taʼkidlab murojaat qoldirgan.


Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati hududiy boʻlinmaga xabar berilganligi, oʻz oʻrnida boʻlinma mutaxassislari murojaatchi bilan bogʻlanib zaruriy tushuntirishlar berilganligi, yaʼni holat yuzasidan rasmiy sahifalarda maʼlum qilinganligi boʻyicha maʼlumot berilgan va murojaat ijobiy hal qilingan.

“O‘zbektelekom”AK Axborot xizmati