October 14, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “BASTION” telegram kanali orqali Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro mahallasidagi maktabga tortib keltirilgan optik tolali internetga ulanish bo‘yicha jamoaviy yo‘llagan murojaatlariga mutasaddilar e’tibor qaratmayotgani haqida shikoyat yo‘llangan.
https://t.me/bastiongr/3212

Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Odatda shu mazmundagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda Kompaniya Axborot xizmati tomonidan murojaat e’lon qilingan kanal admini bilan aloqa o‘rnatilib, murojaat manzili bo‘yicha yoki murojaatchi bilan bevosita bog‘lanish (holatga yaqindan oydinlik kiritish) maqsadida qo‘shimcha ma’lumot olinadi. Biroq mazkur kanal admini barcha savollarimizni javobsiz qoldirganligi bois, mazkur masalani manzilli ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmaganligi, shunday bo‘lsa-da, mazkur masala hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan tartibda nazoratiga olinganligini ma’lum qilamiz.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, abonentlardan Kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga oid shaxsiy yoki yashab turgan hududida yuzaga kelgan muammolar bilan bog‘liq murojaatlarni yo‘llayotganda murojaat manzilining aniq ko‘rsatilishi va o‘zlari bilan bog‘lanish uchun manba (telefon raqam) qoldirishlarini eslatib o‘tamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress