Munosabatlar
September 9

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro Facebook tarmog‘idagi o‘z sahifasida Kompaniya operatorlariga qo‘ng‘roq qilib, bog‘lana olmaganligi yuzasidan shikoyat qoldirgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirilib, mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati