Munosabatlar
November 11

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro Internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelganligi munosabati bilan amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar berildi va bo‘linma mutaxassislari nazoratiga olindi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati