Munosabatlar
December 29, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel” guruhi orqali Toshkent shahrida yashovchi fuqaro internet tarmog‘i ishlamayotganligi bu boradagi murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaatchining mavjud muammosi bartaraf etilib, murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati