Munosabatlar
October 14
Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, fuqaro Facebook tarmogʻi orqali Farg‘ona viloyati So‘x tumani hududida mobil aloqa interneti sifati muammolar yuzaga kelayotganligini ta’kidlab murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasida hududdagi mutaxassislar murojaatchi xonadoniga borib, mavjud muammoni bartaraf etganligi ma’lum qilinadi.