Munosabatlar
October 28

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ANTIKORRUPSIYA” Telegram kanali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro xonadonida foydalanayotgan Internet tarmog‘i past tezlikda ishlayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati