Navoiy filiali: soha xodimlarining mehnat muhofazasini ta’minlashdagi bilimlari oshirildi
“O‘zbektelekom” AK Navoiy filialida mehnat muhofazasini ta’minlash, soha xodimlarining bu boradagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Filial rahbariyati, shahar va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning masofaviy ishtiroki ta’minlangan davra suhbatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali mutaxassisi Laziz Amonov ishchi-xodimlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy-ko‘rgazmali tushunchalar berdi.
Shuningdek, ekstremal ob-havo hodisalari, ish joylarida havoning ifloslanishi, issiqlik va kimyoviy moddalar ta’siri kabi xodimlar salaomatligiga xavf tug‘diruvchi sabablar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan turli kasalliklar hamda bunday holatlarning oldini olish maqsadida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga ham to‘xtalib o‘tdi.