Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi “Potrebitel.Uz” Facebook guruhi orqali Sarkor Telecom internet provayderi xizmatlarida muntazam uzilishlar kuztilayotganligi, bu borada qilingan murojaatlari e‘tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaat boʻyicha Kompaniya tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, Sarkor Telecom xususiy internet provayderi bo‘lib, “O‘zbektelekom” AK tarkibiga kirmaydi va mustaqil ravishda faoliyat olib boradi. Shu bois, ushbu murojaatda keltirilgan masalani ko‘rib chiqish Kompaniya vakolatiga kirmaydi.
Shuning uchun Kompaniya o‘z xizmatlarini taklif qiladi, UZTELECOM Internet xizmatiga ulanish uchun esa quyidagi o‘zingizga qulay usullardan biri orqali ariza qoldirishngiz mumkinligini ma’lum qilamiz:
📞 1090 qisqa raqami orqali;
🤖 Telegram bot orqali;
🌐 uztelecom.uz rasmiy veb-saytida;
🏢 Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarimizda