Munosabatlar
December 1, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Нигора Алимова” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Artizon bo‘yi mahallasida Wi-fi tarmog‘i yaxshi ishlamayotganligi bo‘yicha murojaat e’lon qilingan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berilgan va nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati