Munosabatlar
September 3
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “BASTION” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izboskan tumani “Boʻston” MFY Yiqchilar koʻchasi hududida yashovchi fuqaro hududiga internet tarmog‘i tortib berishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va bo‘linma mutaxassislari ushbu murojaatni o‘rganib chiqganligi hamda kelgusi faoliyat rejasiga kiritish uchun ma’lumot o‘rnida qabul qilinganligi ma’lum qilinadi.