Munosabatlar
February 17
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘i orqali obunachi tariflar narxlaridagi o‘zgarishlar yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchiga mavjud masala yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berilganligi va murojaat ijobiy hal etilganligi bildiriladi.