Munosabatlar
October 18, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan: Namangan viloyati Namangan tumani Xo‘jaqishloq mahallasi Yoshlar ko‘chasida yashovchi fuqaro mahallaga tolali WI-FI kabellari o‘tkazib berishlarini so‘rab qilgan murojaati e’tiborsiz qolayotganligiga norozilik bildirgan.

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Masala yuzasidan hududda amaliy ishlar olib borilmoqda va ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.

"O‘zbektelekom" AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress