Munosabatlar
October 30
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Soyalar Xabari” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro hududda Wi-Fi tarmog‘i bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolar yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda mazkur masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olinganib, muammo ijobiy hal etilganligi bildiriladi.