Soha yangiliklari
Today

Shaffoflik – faoliyatning bosh mezoni

Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishda onlayn xizmatlarning yo‘lga qo‘yilayotganligi aholiga qulaylik yaratishi barobarida, faoliyatda shaffoflik ta’minlanmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan tasdiqlangan qaror va farmonlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyunda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoniga muvofiq "O‘zbektelekom" AK uztelecom.uz rasmiy saytida:

Mazkur farmonning Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash bo‘yicha 1-ilovasida belgilangan "Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish holati" – baholash mezonlari talablari darajasida yo‘lga qo‘yilgan.