Munosabatlar
December 18
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ANTIKORRUPSIYA/расмий” Telegram kanali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida (aniq manzil keltirilmagan) Internet tarmog‘i tezligi bilan bo‘g‘liq muammo yuzasidan murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berildi. Shundan so‘ng bo‘linma mutaxassislari murojaatga oydinlik kiritib, murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi va mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.