July 28, 2021

Speedtest_net: 2021 yil iyun oyida O'zbekiston mobil va simli Internet tezligi bo'yicha yana o‘sish ko‘rsatdi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest Global Index har oylik reytingi bo‘yicha Speedtest.net xizmatining ma’lumotlarini e’lon qildi, unda 2021 yil iyun oyi oxirida dunyodagi mobil va simli Internet tezligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. O‘zbekiston yana mobil (+2 pog‘ona yuqoriga) va mahalliy (+1 pog‘ona yuqoriga) Internet tezligining o‘sishini ko‘rsatdi. 2021 yil iyun oyida simli Internet tezligi 10 foizga oshdi.

Shuni alohida qayd etish joizki, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda simli Internet tezligi 1,5 barobardan ziyod o‘sdi (o‘sish 55,5%) ya’ni 2020 yil iyun oyida 28,52 Mbit/s dan 2021 yil iyunda 44,36 Mbit/s gacha (Download).

Simli Internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 181 mamlakat orasida dunyo reytingining 90-pog‘onani egallamoqda.

Mobil Internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 2021 yil may oyiga nisbatan o‘z pog‘onasiniyaxshilab, 2 pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi bir yil ichida mobil Internet tezligi, Speedtest.net xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil iyun oyida 11,78 Mbit / s dan 2021 yil iyunda 18,39 Mbit / s gacha ko‘tarildi. O‘sish yil davomida 56,1 foizni tashkil etdi.

@uztelecomuz

@uztelecompress