Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali orqali Buxoro viloyati Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi, bu boradagi murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaat manziliga borib holatni batafsil o‘rganishganda, abonentning modem kurilmasi foydalanish uchun noqulay joyga o‘rnatilganligi aniqlangan va muammo bartaraf etilib, masala ijobiy hal qilinganligi ma’lum qilinadi.