Andijon filiali: aholining telekommunikatsiya xizmatlariga talabi ortmoqda
Bugun mamlakatimizda aholining sifatli va tezkor aloqa hamda Internet xizmatlariga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda.
Shu bois, “O‘zbektelekom” AK Andijon filiali tashabbusi bilan aholini zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida hududda faol ulash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Filialning Andijon shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi mutaxassislari qisqa muddatda shahar hududida joylashgan “Poloson” va “Gulzor” mahallasida 45 ta, shuningdek “Hovuz bo‘yi”, “Yangi loyihaviy”, “D.Babayev”, “Qo‘shtepa”, “Istiqbol”, “S.Zunnunova”, “Oltinko‘l”, “Obod” va “2-Tor Akrobot” ko‘chalaridagi jami 141 ta xonadonda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash ishlarini amalga oshirdi.
Bu kabi faol ulash ishlari Filial tomonidan viloyat bo‘ylab izchil davom ettirilmoqda.