Munosabatlar
May 22

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Tashkent_Land” Telegram kanali orqali fuqaro hududda aloqa kabeli tartibsiz holga kelib qolganligi yuzasidan murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan mazkur masala nazoratga olinganligi hamda ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati