Munosabatlar
February 12
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘i orqali rasmiy saytlardan foydalanishda nosozliklar yuzaga kelayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojatchi bilan bog‘lanib, fuqaro murojaatini ijobiy hal qilinganligi ma’lum qilinadi.