Munosabatlar
February 26

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali fuqaro xonadoniga ulangan internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi, bu boradagi murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojatchi bilan bog‘lanib, fuqaro murojaatini ijobiy hal qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati