Sport
July 20, 2023

Kibersport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi UZTELECOM kovorking markaziga tashrif buyurdi

Yaqinda nufuzli CS:GO bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi UZTELECOM kovorking markaziga tashrif buyurdi.

Terma jamoa a’zolari UZTELECOM kovorking markaziga yaratilgan ajoyib imkoniyatlardan hayratda qolishdi. Ular bu yerda kibersport uchun eng zamonaviy kompyuterlar, shuningdek, eng so‘nggi virtual ishlanmalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Terma jamoa a’zolari samimiy kutib olish va mehmondo‘stlik uchun Kompaniyaga chuqur minnatdorlik bildirishdi. Ularning ta’kidlashicha, kovorking markazi Kompaniya doirasida kibersportni rivojlantirish bo‘yicha etakchi markazdir.

Shuningdek, ular joriy yilning avgust oyida bo‘lib o‘tadigan Counter-Strike: Global Offensive korporativ turnirida UZTELECOM kibersport jamoasiga omad tilab qolishdi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati