July 28, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat Koson tumanidagi 9-AT IDUM o‘qituvchisi maktabning yangi binosiga internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratb berilishini so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari hududdagi mavjud maktabning eski binosida internet tarmog‘i mavjudligi va u samarali ishlab kelganligini aniqlashgan. Shuningdek, yangi maktab binosi uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasining so‘rov xatiga asosan maktabning yangi binosigacha 200 metr uzunlikda optik tolali aloqa kabeli yotqizilib, tegishli qurilmalar orqali lokal tarmoq asosida internet tarmog‘i ulab berilgan va murojaat ijobiy hal etilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress