August 29, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Hoja_uz telegram kanali orqali hududda yashovchi fuqaro Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqaro respublika hududida internet ishlamagan kunlari uchun Kompnaiya tomonidan to‘liq bo‘lmasa-da, qayta hisob kitob qilinganligi bildirilgan.

https://t.me/Hoja_uz/4360

Ushbu murojaat yuzasidan Kompaniya quyidagilarni ochiqlaydi. Mavjud holatdan kelib chiqib haqiqatan ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida internet tarmog‘ida kuzatilgan uzilishlar davri uchun Kompaniya tomonida avtomatik ravishda qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi. Qayta hisoblash ishlari o‘rnatilgan tartib asosida bajarilganligi sababli bu borada nomutanosiblik yuzaga kelishi ehtimoli haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shunda ham abonentlarda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, hududidagi Kompaniya ofislariga murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati