murokaatlar tahlili...
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan aholining sohaga oid murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan Kompaniyaga jami 1 919 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga kamaygan.
Murojaatlarning 1 669 tasi ariza, 193 tasi shikoyat, 54 tasi xat va 3 tasi takliflar ko‘rinishida kelib tushgan bo‘lib, shundan:
1 271 tasi og‘zaki;
603 tasi elektron;
45 tasi yozma murojaatlardan iborat.
Murojaatlarning asosiy qismi simli internet tarmog‘iga yangi ulanish, simli internet, mobil aloqa va mobil internet sifati, tariflar narxlari, shuningdek, tayanch stansiyalarini o‘rnatish va olib tashlash masalalari bilan bog‘liq.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, jami 1 919 ta murojaatdan 1 798 tasi bevosita hamda huquqiy ma’lumot berish orqali ijobiy hal etilgan.
Qolgan 121 ta murojaatning ma’lum qismi yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, ularning ma’lum qismi kelgusida faoliyatga joriy etish maqsadida taklif sifatida qabul qilingan.
Ta’kidlash joizki, aholi murojaatlarini o‘rganishning eng yaxshi mexanizmi – bu sayyor qabullar bo‘lib, Kompaniya tomonidan joylarda bunday tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yil boshidan hozirga qadar:
– Jizzax viloyatining Sharof Rashidov;
– Andijon viloyatining Asaka;
– Farg‘ona viloyatining Furqat;
– Qashqadaryo viloyatining Kasbi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani;
– Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sayyor qabullar tashkil etilgan.
Sayyor qabullarda aniqlangan murojaatlar joylarning o‘zida ijobiy hal etib kelinmoqda.