Munosabatlar
July 21, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izboskan tumani “To‘rtko‘l” MFYda bir haftadan beri internet tarmog‘i ishlamayotgani tanqid qilingan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. Hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, masalani o‘rganib chiqishganligi va mavjud muammo bartaraf etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati