December 24, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqarolardan biri Kompaniyaning o‘zi yashaydigan hududidagi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida SIM-kartalar yo‘qligidan shikoyat qilgan.

https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/5280059278688037

Ushbu fuqaro murojaatiga ko‘ra Kompaniya quyidagilarni bildiradi.

Haqiqatan ham, ayrim holatlarda ba’zi ofislarimizda SIM-kartalar kelishida uzilishlar kuzatilgan. Ayni paytda bundan holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, Sizga Kompnaiya tomonidan abonentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida joriy etilgan yangi eSIM xizmatidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bu orqali Siz milliy operatorning GSM mobil aloqa abonenti sifatida ko‘plab bonuslarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bu boradagi ma’lumotlar bilan uztelecom.uz rasmiy sayti orqali batafsil tanishing.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress