Munosabatlar
March 25

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “BASTION” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Asaka shahar “Hamdo‘stlik” MFY Qanoat ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan internet tarmog‘i ishlamayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan murojaatchiga mavjud holat sabablari hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan zaruriy ma’lumot berilganligi bildiriladi.

"O‘zbektelekom" AK Axborot xizmati