Munosabatlar
July 24, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqning Facebook sahifasi orqali Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro internet tarmog‘idagi uzulishlar yuzaga kelayotgani, muammo yuzasidan qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, bu bo‘yicha tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida ushbu masalaga hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan bog‘lanilib, masala ijobiy hal qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati