May 5, 2022

Filial jamoasi peshqadam

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan 7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan soha korxonalari xodimlari o‘rtasida sportning futbol, voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalarga start berildi.

Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqalarda jamoalar o‘rtasidagi dastlabki g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra:
1-o‘rın: “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali (Uztelecom)
2-o‘rın: “Unitel” JShJ (Beeline) 3-o‘rın: “UMS” JShJ (Mobiuz)

Musobaqa g‘oliblari 6-may, “Aloqachilar kuni” bayrami arafasida munosib taqdirlanadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati