Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ANTIKORRUPSIYA” Telegram kanali orqali fuqaro huddudagi elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar aloqa sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi bo‘yicha murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga yo‘naltirilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaat yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati