Munosabatlar
December 11, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel” guruhi orqali Toshkent viloyati Keles shahrida yashovchi fuqaro internet tarmog‘iga ulanmoqchi bo‘lganligi ammo fuqaro yashovchi hududda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun infratuzilma mavjud emasligi aytilganligi mazmuni ifodalangan murojaat e’lon qilingan.

Kompaniya Axborot xizmati mazkur murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, har qanday fuqaro kompaniyaga internet tarmog‘iga ulanish istagini bildirib murojaat qilganida (yoki onlayn ariza qoldirganida), zaruriy ma’lumotlar bilan bir qatorda yashash manzili bo‘yicha alohida murojaatchining yashash manzilida telekommunikatsiya xizmati ko‘rsatilishini ta’minlashda talab etiladigan zaruriy texnik imkoniyatlar mavjudligi o‘rganib chiqilishi uchun qo‘shimcha axborot ham olinadi. Biroq fuqaro yashash manzilida texnik imkoniyatlar mavjud emasligi butun hududda texnik imkoniyat yo‘qligini anglatmaydi. Shulardan kelib chiqib, fuqaro murojaati nazoratga olinganligi va o‘rganishlar natijasida murojaatchining yashash hududida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar talab etilishi, shunga ko‘ra abonent ma’lumotlari internet xizmatlarini kengaytirish ish rejasi uchun hisobga olinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati