June 2, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Istiqlol MFY Sabo ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro yashash hududida internet kabellari yo‘qligi, biroq xonadonlarning internet tarmog‘iga ehtiyoji borligi bo‘yicha murojaat yo‘llagan. https://t.me/bastiongr/1558

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan murojaatda keltirilgan masala ijobiy hal etilgan. Ya’ni Istiqlol MFY Sabo ko‘chasiga optik tolali aloqa kabellari tortilib, hudud aholisiga internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress