Munosabatlar
May 20
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “BASTION” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Fazogir MFY hududida yashovchi aholi vakillari ushbu hududda “O‘zMobayl” aloqa operatoriga tegitshli tayanch aloqa stansiyasi o‘rnatilganligi ammo hanuzgacha ishga tushirilmaganligi yuzasidan murojaat yo‘llangan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, ushbu hududga o‘rnatilgan tayanch aloqa stansiyasini ishga tushirish uchun yakunlovchi qurilmalar kutilayotganligi va ular yetkazilishi bilan to‘liq ishga tushirilishi bildiriladi.