Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Youtube tarmog‘idagi “Bukhara best” kanali orqali Buxoro viloyati Buxoro tumani “Zarmanoq” MFY hududidagii yer maydoni tadbirkor tomonidan maiishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurish uchun xarid qilinganligi, biroq ushbu yer maydoniga kompaniyaning baza stansiyasi qurilayotganligiga e’tiroz bildirilgan murojaat yo‘llangan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan manzilga chiqib, mavjud muammoni o‘rganishganda mazkur hududga o‘rnatilishi nazarda tutilgan baza stansiyasi boshqa aloqa operatoriga tegishli ekanligi aniqlangani va holat murojaatchilarga tushuntirilganligi ma’lum qilinadi.