Munosabatlar
September 5

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi "Maslahat.uz" guruhi orqali fuqaro Internet tarif narxlari oshirilganligi bilan bogʻliq oʻzgarishlar yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va bo‘linma mutaxassislari abonent bilan bog‘lanib, murojaati yuzasidan zaruriy tushuntirishlarni berganligi va murojaat ijobiy hal qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati