Munosabatlar
July 4

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro Facebook tarmogʻidagi "ХАЛҚ НАЗОРАТИ—НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ" guruhi orqali internet tezligi bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan nazoratga olinganligi hamda qayta aloqa orqali murojaatchidan qo‘shimcha ma’lumot sorab so‘rov qoldirilganligi bildiriladi. Murojaatchi tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal etilishga yo‘naltirilishi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati