Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali fuqaro Kompaniya tomonidan e’lon qilingan “TURBO tezlik” aksiyasini faollashtirganligi, biroq tezlik aksiyada nazarda tutilgan ko‘rsatkichga mos kelmaganligi, operatorlar orqali masalaga oydinlik kiritganida, unga mazkur holatda foydalanuvchi qurilmasi ham belgilangan tezlikka mos bo‘lishi kerakligi aytilganligi, aksiya shartlarida esa bu keltirilmaganligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchigа zaruriy tushuntirishlar berildi. Qolaversa, aksiya shartlarida qurilma bilan bog‘liq ma’lumotlar ham keltirib o‘tilganligi bildiriladi.