Soha yangiliklari
May 28

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali fuqaro Qo‘qon shahrida tayanch aloqa stansiyalarining ko‘pligi va ulardagi radiatsiya insonlar salomatligiga zarar yetkazishi mumkinligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, mazkur tayanch aloqa stansiyalari radiatsion emas, elektromagnit tulqinlar asosida ishlaydi va aholi salomatligiga zarar yetkazmaydi. Shuningdek, ushbu qurilmalar ma’lum standartlar asosida o‘rnatilishi haqida murojaatchiga tushuntirish berilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati