Munosabatlar
May 22
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “BASTION” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Shahrixon tumani Qumtepa MFY hududida yashovchi fuqaro ushbu hududda joylashgan bir necha xonadonlarning Internet tarmog‘iga ulanish istagi borligi bo‘yicha murojaat yo‘llangan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan rejali nazoratga оlinganligi bildiriladi.