Ichki nazorat hujjatlari ijrosi
Davlatimiz tomonidan 2017-yilning 3-yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-son Qonuni qabul qilingach va shundan so‘ng ishlab chiqilgan qonunosti hujjatlarining kuchga kirishi natijasida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning tamoman yangicha mexanizmi yaratildi desak xato bo‘lmaydi.
O‘z o‘rnida yuqorida ta’kidlangan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbektelekom” AKda ham bir qator tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tashkil etilgan. Shuningdek, sir emaski, muayyan jarayonlarning normativ yoki huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmaganligi korrupsion holatlarning kelib chiqishiga zamin yaratadi. Shu bois, Kompaniyada faoliyatlarni olib borish davomida yuzaga keladigan ish jarayonlarini tartibga soluvchi bir qancha ichki hujjatlar ham ishlab chiqilgan.