Soha yangiliklari
October 11, 2021

Qashqadaryoda tarmoq ko‘lami kengaymoqda

Aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash borasida Qashqadaryo viloyatida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, “O‘zbektelekom” AKning Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylari mobaynida viloyatdagi 14 ta tuman kesimida 68 ta aholi yashash punkti optik tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlandi.

Jumladan:

Gʻuzor tumani – Chuchuk, Kengsoy, Jarariq, Cho‘michli aholi punktlari;

Dehqonobod tumani – Chuchukquduq, Oydin yo‘li, Beshbuloq, Do‘stlik, Eskiqarashina aholi punktlari;

Kitob tumani – Navoiy, Alaquchchi, Charimgar, Guliston aholi punktlari;

Koson tumani – Mo‘jagul, Navro‘z, O‘rtaobron, Bekzor, Boyg‘undi aholi punktlari;

Yakkabog‘ tumani – Jaychi, Mevazor, Yoshlik, Oqtosh aholi punktlari;

Chiroqchi tumani – Chorvador, Gʻalaba, Toshli, Yangiobod, Choshtepa aholi punktlari;

Shahrisabz tumani – Mevazor, Miraki, Muminobod, Nomozgoh, Yangihayot aholi punktlari;

Qamashi tumani – Katta O‘ra, Obod, Qizilqishloq MFY hamda Qo‘tanboy, Oqqishloq, Oqsuv aholi punktlari;

Qarshi shahar – Otchopar, Xontepa, Mag‘zon, Batosh, Aralovul, Kamandi, Mahollot aholi punktlari;

Nishon tumani – Yuksalish aholi punkti;

Mirishkor tumani – Guliston aholi punkti;

Kasbi tumani – Denov, Qamashi, Navqat, Qo‘rig‘, Mug‘lon, Jizza, Qoraxo‘ja, Ravot aholi punktlari;

Qarshi tumani – Kerayit, Xonyon, Kojor, Shirkent, Mirmiron, Kaxlak, Do‘stlik aholi punktlari;

Muborak tumani – Geolog, Quruvchilar, Navoiy, O‘zbekiston, Mash’al, Istiqlol aholi punktlariga optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratib berilgan.

“O‘zbektelekom” AK bu boradagi faoliyatlarni respublika bo‘ylab davom ettirmoqda.

UZTELECOM – milliy operator!

@uztelecomuz

@uztelecompress